“Jamoam – mening oilam va imkonim”

Joriy yilning 17 avgust kuni butun O’zbekiston xalqi, xususan, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun muhim bir voqea sodir bo’ldi – “Yangi O’zbekiston” gazetasida O’zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoevning “Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” nomli interv`yusi chop etiladi. Ta’kidlash kerakki, bu davlat rahbarining ilk marta bosma matbuotga bergan interv`yusi hisoblanadi va uning O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida e’lon qilinishi o’ziga xos ramziy ma’noga egadir.

Davlatimiz rahbari interv`yusi Harakatlar strategiyasi doirasida o’tgan davrda amalga oshirilgan keng qamrovli ishlarning o’ziga xos sarhisobidir. Prezidentimiz keyingi yillarda qo’lga kiritilgan natijalarni sanash bilan kifoyalanib qolmadi va mamlakatimiz hayotining turli sohalarida hal etilishi kerak bo’lgan muammolarga ham to’xtalib o’tib, ularning yechimi bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hususida so’z yuritdi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasida 2021 yil 30 avgust kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil 17 avgust kuni “Yangi O’zbekiston” gazetasiga bergan “Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” mavzusidagi interv`yusi mazmun-mohiyatini keng yoritishga bag’ishlangan davra suhbati hamda “Jamoam – mening oilam va imkonim” mavzusida xodimlar ishtirokida jamoaviy ruhiyatni shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-psixologik trening tashkil etildi.

Tadbirda Qo’mita markaziy apparati va Qo’mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xodimlari markaziy studiyadan hamda hududiy boshqarma xodimlari masofadan ishtirok etishdi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, “Ma’rifat” jamiyati a’zosi Mansur Yunusov davlatimiz rahbari interv`yularida ko’tarilgan masalalar hususida so’z yuritar ekan, Yangi O’zbekiston – bu, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash ekanligini aytib, mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida oldimizda turgan eng ustuvor vazifalar haqida to’xtalib o’tdi.

Tadbirning ikkinchi qismida “Jamoam – mening oilam va imkonim” mavzusidagi trening bo’lib o’tdi. Treningni “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, falsafa fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” jamiyati a’zosi professional psixolog, motivator Jamila Shermuxammedova olib bordi.

Jamila Toshpo’latovnaning milliy o’zlikni anglash, milliy tilimiz sofligini saqlash kabi bugungi kunning eng dolzarb masalalari haqidagi fikrlarini Qo’mita xodimlari katta qiziqish bilan tinglashdi.

Turli psixologik mashqlar orqali xodimlar motivatsiya olib, Qo’mita bilan birga o’sish va raqobat muhitini yanada rivojlantirish istaklari mustahkamlanganini ta’kidlashdi.

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR