Ma'rifat Ziyo o'quv platformasi Haqida

“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati O‘zbekiston Respeublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli qarori asosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida tashkil etilgan.

Hozirgi kunda, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatida barcha vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tavsiya qilingan nomzodlar, davlat va jamoatchilik vakillari, madaniyat va san’at arboblari, olimlar, shoir va yozuvchilardan iborat 700 nafar targ‘ibotchi faoliyat yuritmoqda.

2019-2021-yillar davomida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samaradorligini yanada oshirish, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib qilish orqali bunyodkorlik ruhini umummilliy ijtimoiy harakatga aylantirish maqsadida yurtimizning barcha hududlarida;

  1. mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari, yangilanishlarni aholining keng katlamlariga yetkazish, besh muhim tashabbusni hayotga samarali tatbiq etish maqsadida har yili an’anaviy tarzda “Ma’naviyat festival”larini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi;
  2. ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda fidokorona mehnat qilgan fuqarolarni “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash amaliyoti joriy etildi;
  3. yurtimizning barcha hududlarida ilm-fan, san’at va madaniyat, jismoniy tarbiya va sport, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, hunarmandchilik va shu kabi boshqa sohalarda faoliyat yurtayotgan iqtidor egalari o‘rtasida turli yo‘nalishlarda ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda;
  4. respublikamizdagi barcha vazirlik, idoralar va ularning hududiy tizimlari bilan hamkorlikda muntazam ravishda reja asosida “Ma’naviyat (siyosiy) soat”lar o‘tkazilmoqda;
  5. mamlakatimiz bo‘ylab xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ko‘nglida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, davlat ramzlari (gerb, bayroq, madhiya)ni targ‘ib etish hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarni aholi vakillariga xalqchil tarzda yetkazishgan qaratilgan madaniy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda targ‘ibot tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mamlkatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarda kitobxonlik va kitobga bo‘lgan qizishini yanada oshirish, 5 ta muhim tashabbusni hayotga samarali tatbiq etish maqsadida turli mavzulardagi kitoblar, risolalar, to‘plamlar, zarur qo‘llanmalar va boshqa targ‘ibot materiallari tayyorlanib, tarqatib kelinmoqda.

Bizni lokatsiyamiz

Bog'laning

Aloqaga chiqing

Bizning manzil:

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi 9-uy

Pochta manzili

  marifatziyo@gmail.com

Qo'ng'iroq qiling

+998951708778
+998951433553

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR