- Super admin Marifat
- 2022-08-29
Uchinchi Renessan — ma’rifatli jamiyat sari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida” qarorimijrosini ta'minlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida adabiy-ma’rifiy va konsert dasturlari hamda “Ma’naviyat festivali”ni o‘tkazish vazifasi belgilangan. Shu maqsadda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati tashabbusi bilan joriy yilning 22-25-avgust kunlari festival doirasida Toshkent shahrida “Uchinchi Renessan — ma’rifatli jamiyat sari!” respublika anjumani o‘tkazildi. Uch kun davom etgan anjumanda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 130 nafar professor-o‘qituvchilar, fan nomzodlari, olimlar ishtirok etdi.
Anjumanni “Yangi O‘zbekiston bog‘i” majmuasiga gul qo‘yish marosimi boshlab berdi. Shundan so‘ng, Oliy Majlis Senati binosi bilan tanishish asnosida Senatning ishlash mexanizmi va yana bir qator muhim mavzularda atroflicha ma’lumot berildi. “Turkiston” san’at saroyida “O‘zbekiston Qahramonlari” bilan uchrashuv va shu nomdagi kitobi taqdimoti hamda "Milliy qo‘shiqlar va maqom" konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida chop etilgan “O‘zbekiston Qahramonlari” kitobi haqida to‘xtalib o‘tib, mazkur kitob-albom millatimiz qahramonlariga ehtirom sifatida yaratilgani, unda Vatanimiz taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shib, “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoni hamda “Oltin Yulduz” medali bilan taqdirlangan bir yuz uch nafar yurtdoshimizning ibratli hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinishini ta’kidlashdi.
Anjumanning ikkinchi kunida ishtirokchilar shahrimizdagi nufuzli davlat univeristetlari (Toshkent davlat agrar universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adbiyot universiteti, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitet, Toshkent davlat transport universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti) da universitet o‘qituvchilari bilan hozirgi globallashuv davrida yangi o‘quv metodlarini qo‘llash, ulardan to‘g‘ri foydalanish hamda yurtimizda sifatli kadrlar tayyorlashga qaratilgan e'tibor kabi bir qator dolzarb mavzularda fikr almashishdi. Shuningdek, Toshkent shahar, Yangihayot tumani “Tashabbus” MFYda “Mahallada duv-duv gap” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir oldi mahallada istiqomat qiluvchi nuroniylar holidan xabar olindi. Zargarlik, to‘quvchilik kabi milliy humarmandchilik ko‘rgazmalari tashkil etildi.Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan poytaxtimizga tashrif buyurgan taniqli olimlar, ziyolilar, shoir va yozuvchilar ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar, mamlakatimizda davlatimiz tomonidan mahallalarga berilayotgan e’tibor, keyingi paytlarda butunlay yangicha qiyofa kasb etayotgan ushbu maskanlarda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, mazkur tadbirning mazmun-mohiyati haqida gapirdi.
25-avgust kuni “Hotel International Toshkent” mehmonxonasida “Uchinchi renessans – maʼrifatli jamiyat sari!” mavzusida Respublika konferensiyasi o‘tkazildi. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov konfrensiyani ochib berib, bugungi ilmiy-amaliy anjumanning ahamiyati, Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratish borasida fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib oʼtdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adminstratsiyasi mas'ul xodimi Abduhalil Mavrulov ma'ruza qildi.
Isteʼdodli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash “Ulugʼbek” jamgʼarmasi raisi, akademik Oqil Salimov soʼz olib, Uchinchi Renessansga maʼnaviyat va maʼrifat orqali yetish mumkinligini, bunda yoshlardan yanada faollik talab etilishini taʼkidladi. Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori Аzamat Ziyo, tarix fanlari doktori, professor Jannat Ismoilova va boshqalar maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi keng qamrovli saʼy-harakatlar xususida soʼz yuritdi.
Konferensiya oʼz ishini 3 ta sho‘baga boʼlingan holda davom ettirdi.
Konfrensiya davomida “Uchinchi renessans — maʼrifatli jamiyat sari!” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferenssiya toʼplami nashr etilgani, 100 dan ortiq maqolalar toʼplamdan joy olgani taʼkidlandi. Shundan soʼng mazkur toʼplamning taqdimoti oʼtkazilib, “Yangi Oʼzbekiston — Yangi renessans sari” toʼplami xususida fikr-mulohazalar bildirildi.