“Yangi O‘zbekiston” kitob-albomi nashrdan chiqarildi

Mustaqilligimizning shonli 30 yillik bayrami arafasida “O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan “Yangi O‘zbekiston” kitob-albomi nashrdan chiqarildi. 

Ushbu muazzam majmuada istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi besh yilda yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish, xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan Yangi O‘zbekiston g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishlar haqida atroflicha hikoya qilinadi.
Tomchida quyosh aks etganidek, ushbu kitob-albomdan o‘rin olgan har bir dalil va ma’lumot, surat va lavha bunyodkor xalqimizning kuch-g‘ayrati va salohiyati bilan erishilgan, barchamiz uchun g‘oyat qadrli bo‘lgan yuksak marralar xususida, dunyoda yagona, aziz va mo‘’tabar ona diyorimiz — Yangi O‘zbekistonimiz haqida hikoya qiladi.

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR