DIYDOR SHIRIN

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat va notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligda mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlab “Tabassum” restoranida “Diydor shirin” ko‘rsatuvining bayram dasturi soni suratga olindi.

Ko‘rsatuvda olimlar, ziyolilar, sohada faoliyat olib borayotgan insonlar, el suygan san'atkorlar, Tokio—2020 olimpiya o‘yinlari sonvrindorlari, xalqaro fan olimpiada g‘oliblari hamda ularning oila a'zolari, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining iste’dodli o‘quvchilari ishtirok etdi.
Suratga olish jarayonida ishtirokchilar yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ilm-fan, sportga qaratilgan e’tibor haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi. Shu bilan birga yurtdoshlarimizga bayram tabriklarini yo‘llashdi.
Shuningdek, tasvirga olish jarayonida el suygan san'atkorlar diltortar qo‘shiqlarni ijro etib, bayram dasturida yig‘ilganlarning kayfiyatini ko‘tarishdi. Ayniqsa, O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov ijrosidagi “Yangi O‘zbekiston bu” qo‘shig‘ini barcha jo‘r bo‘lib, birgalikda kuyladi.
O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, Munojat Yo‘lchiyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurashid Yo‘ldoshev va Alisher Fayz, “Nihol” mukofoti sovrindori Alisher Ro‘zmetov, Ziyoda, Farhod va Shirin ijrosidagi qo‘shiqlari hamda "Muhabbat" raqs ansambli qizlarining go‘zal raqslari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR