Ma'naviy dunyoqarash

YANGI DAVR POYDEVORINI BARPO ETISHDA MILLIY-MA’NAVIY QADRIYATLARNING O‘RNI

Komiljon HAYDAROV,
falsafa fanlari nomzodi, dotsent

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 30-sentabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o‘lmas meros hamisha yonimizda bo‘lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta’lim tizimini ana shunday ruh bilan sug‘orishimiz kerak”, deb ta’kidlash barobarida ziyolilar, o‘qituvchi va murabbiylarning faolligi muhim ekanligiga e’tibor qaratgan edi.

Shundan kelib chiqib, bugun ta’lim islohotlari jarayonida ajdodlarimizning ma’naviy merosi va milliy qadriyatlarimizni chuqur o‘rganish, uni ta’lim mazmuniga chuqur singdirish masalasiga alohida e’tibor qaratilishi kerak. To‘g‘ri, bu masala bugun kun tartibiga qo‘yilayotgani yo‘q, unga avvaldan dolzarb masala sifatiga qaralgan. Lekin bugun – yurtimizda uchinchi Renessans davriga poydevor qo‘yilayotgan bir paytda ushbu masala o‘zgacha tarixiy ahamiyat kasb etmoqda.

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR