Kun xabari

PARLAMENT KOMISSIYASINING 5-YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamaot fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida yurtimizning barqaror taraqqiy etishida soha va yo‘nalishlar oldida turgan o‘ta muhim vazifalarni ko‘rsatib, “mavjud muammolarni aniqlash, ularni chuqur tahlil qilish, yechimlari bo‘yicha taklif ishlab chiqish, ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashga ijtimoiy buyurtma asosida nodavlat notijorat tashkilotlari keng jalb etish”ga alohida e’tibor qaratish belgilangan edi. 

Mazkur yig‘ilishda Parlament komissiyasi ijtimoiy buyurtma va davlat grantlari asosida nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashga, joylardagi mavjud muammolarni aniqlashga, ularni hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan muhim loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha e’lon qilgan 3 ta tanlovning natijalarini ko‘rib chiqildi.

Parlament komissiyasi o‘ta muhim ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan 141 ta loyihani 18,6 mlrd. so‘mga qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror qabul qildi.

   

Qo‘llab-quvvatlangan davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida ta’lim, madaniyat, tibbiyot, ekologiya, kadastr, qurilish, kommunal xo‘jaligi, bandlik va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish kabi sohalarda quyidagilar amalga oshiriladi.

Yoshlar “Besh tashabbus” doirasida individual suhbatlarga, adabiyot va san’at vakillari bilan uchrashuvlarga, “Yosh ijodkor” klublariga, kasb-hunar kurslariga, sport to‘garaklariga va boshqa turli ma’naviy-ma’rifiy, harbiy vatanparvarlik tadbirlariga jalb qilinadi.

Parlament komissiyasi tomonidan “Yoshlarni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda hamda bandligini ta’minlashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish” va “Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun uchinchi va to‘rtinchi tanlovlari e’lon qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasi asosida fuqarolik jamiyati institularini ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot–tashviqot loyihalarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash bshyicha qo‘shimcha beshinchi davlat granti tanlovini e’lon qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi qarori qabul qilindi.

Tanlovlar joriy yilning 25 avgustidan - 28 sentabrgacha e’lon qilish belgilandi.

Parlament komissiyasi a’zolari, Oliy Majlis xuzuridagi jamaot fondi, Adliya vazirligi, “Yuksalish” umummilliy harakati,“Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zNNTMA tomonidan joylarda uchrashuvlar, seminarlar va “davra suhbat”lari, sayyor qabullarni o‘tkazish belgilandi.

Tadbirlarda NNT va fuqarolik jamiyati institulari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusidagi yangi goya va tashabbuslaridan kelib chiqadigan fuqarolik jamiyati institutlarining dolzarb vazifalari muhokama qilinadi hamda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Parlament komissiyasining qarorlari qabul qilindi.

 

 

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR