“Uchinchi renessans — ma’rifatli jamiyat sari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi hamda qator tashkilotlar hamkorligida 2022-yilning 22-25-avgust kunlari Toshkent shahrida “Uchinchi renessans — ma’rifatli jamiyat sari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Anjuman doirasida:

- “Uchinchi renessans — ma’rifatli jamiyat sari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi;

- Oliy ta’lim muassasalarida ziyolilar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida ilmiy-ma’rifiy uchrashuvlar;

-  “O‘zbekiston Qahramonlari” kitob taqdimoti;

- “Ma’rifat Ziyo” platformasining taqdimoti;

-  “Milliy qo‘shiqlar va maqom” konsert dasturi;

- poytaxtimizdagi mahallalarda “Mahallada duv-duv gap”, “Mehr-saxovat” loyihalari bo‘lib o‘tadi.

             Mazkur anjumanda O‘zbekiston Qahramonlari, respublikamizning barcha hududlaridan olimlar, ziyolilar, ma’naviyat fidoyilari, soha mutaxasislari hamda yoshlar ishtirok etadi.

Anjuman haqida batafsil ma’lumotlarni “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Telegram / Instagram / Facebook  / Youtube

Murojaat uchun telefonlar:  95 177-51-57

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR