Ma'naviyat kubogi

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Sportni rivojlantirish vazirligi va qator tashkilotlar hamkorligida “Maʼnaviyat festivali” doirasida aholi orasida jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning may-avgust oylarida “Maʼnaviyat kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi.

 “Maʼnaviyat kubogi”  sportning futbol, mini-futbol, voleybol, stol tennis, shaxmat turlari hamda milliy o‘yinlar bo‘yicha tashkil etiladi.

Sport musobaqasida maʼnaviy-maʼrifiy sohada faoliyat yuritayotgan barcha ziyolilar ishtirok etishlari mumkin.

Arizalar “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hududiy bo‘limlari hamda www.Ziyo-tanlov.uz orqali qabul qilinadi.

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

“Maʼnaviyat kubogi” sport musobaqasida faol ishtirok eting!

Murojaat uchun telefonlar:

95 170-87-78, 95 144-75-57

 

Maʼnaviyat kubogi - Do‘stlik va hamjihatlik bayrami!

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR