- Super admin Marifat
- 2022-05-06
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tanlov e'lon qiladi
“Aholiga islohotlarning mazmun va mohiyatini yetkazish, ularning ongi, maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini o‘zgartirish”mavzusida Davlat grantlari ajratish uchun 2-tanlovni e'lon qiladi
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
1. Mahallada “Jaholatga qarshi maʼrifat” g‘oyasi asosida keng targ‘ibot ishlarini tizimli tashkil etish;
2. “Mahalla – ijtimoiy adolat maskani” shiori ostida islohotlarning mazmun mohiyatini mahalla aholisiga singdirish;
3. “Adolat - qonun ustuvorligida” mahalla fuqarolarida yuksak huquqiy madaniyatni, qonun va inson huquqlariga hurmat munosabatini shakllantirish;
4. “Mustaqillik eng avvalo huquqdir!” jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish;
5. “Konstitutsiya mening taqdirimda” aholini o‘z huquqlarini puxta bilish va qonun ustuvorligini taʼminlashga o‘rgatish;
6. Mahallalarda bunyodkorlik ishlari va ijtimoiy-maʼnaviy o‘zgarishlarni ingliz, rus va boshqa xorijiy tillarda yoritish va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish;
7. Yangi O‘zbekiston strategiyasining mahalladagi amaliy natijasini milliy va xorijiy media manbalarda yoritish;
8. Demokratik islohotlar natijalari, inson qadrining mahalladagi amaliy ifodasini bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;
9. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash ishlarida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini kuchaytirish;
10. “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” g‘oyasi asosida ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan ilm-maʼrifat durdonalarini aholining keng qatlamiga tushuntirish ishlariga ko‘maklashish
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb- sayti va t.me/groupjamoatfondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 100 million so‘mgacha.
Hujjatlar 2022 yil 30 aprelidan 31 mayigacha qabul qilinadi.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.