O'qituvchi haqida
Feruza Muhiddinova Toshkent davlat yuridik universiteti professori
1964-yil Buxoro viloyati Kogon shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti Kimyo fakultetini hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Toshkent davlat yuridik instituti davlat va huquq tarixi kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchisi, dotsenti,
Toshkent davlat yuridik universiteti davlat va huquq nazariyasi va tarixi kafedrasi dotsenti, Toshkent davlat universitetining “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi” kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi, Toshkent davlat yuridik universitetining “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi” kafedrasi professori lavozimlarida ishlagan.
2018-yil 30-sentyabrdan boshlab bugungi kunga qadar Toshkent davlat yuridik universitetining Davlat va huquq nazariyasi va tarixi kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
F.Muxitdinova 2000-yilda yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olgan bo‘lsa, 2010-yilda “Sharq mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino siyosiy-huquqiy ta’limotlarida davlat va huquq masalalari” mavzusida yuridik fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
F.Muxitdinova so‘nggi yillarda talabalarga “Davlat huquq tarixi”, “Davlat va huquq nazariyasi”, “Qiyosiy huquqshunoslik ” kabi fanlardan dars mashg‘ulotlarini o‘tish bilan bir qatorda, 6 ta darslik, 25 ta o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 4 ta monografiya, 30 ta ilmiy-ommabop risolalar, 100 dan ortiq maqolalar yozdi va chop ettirdi. Bular sirasiga muallifning “O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi”, “Siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi”, “Sharq mutafakkirlarining davlat va huquq haqidagi ta’limotlari, “Istoriya gosudarstvo i pravo Uzbekistana” kabi adabiyotlari kiradi.
F.Muxitdinova ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ma’naiyat va ma’rifat markazining eksperti va ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi hisoblanadi.
U o‘z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib boradi va yosh huquqshunoslarni o‘qitish, ilmiy ishlarga rahbarlik qilishda doimo shijoat ko‘rsatib keladi. 10 yaqin mustaqil izlanuvchilarga xuquqshunoslikning dolzarb mavzulari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib, Burxonuddin Marg‘iloniyning “Hidoyat” asaridagi xuquqiy masalalar bo‘yicha monografiyalari e’lon qilingan. Jumladan, uning ilmiy rahbarligi va ilmiy maslahatchiligida hozirgacha 50 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan. Yoshlarda vatanparvarlik hissini uyg‘otishga qaratilgan xarbiy qismlarda, chegara qo‘shinlarida hamda ta’lim muassasalarida “Jaloliddin Manguberdi, Bobur, Tumaris va Shiroq” jasoratini tadbirlarda ma’ruza qilgan va risolalar chop etgan.
U 10 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanma, 20 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 6 ta monografiya, 40 ga yaqin ommabop risolalar, 10 ga yaqin Skopus ro‘yxatidagi jurnallarda ilmiy maqolalar, 100 dan ortiq maqolalar muallifi. 10 dan ortiq xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan.
30 ga yaqin magistrlarga ilmiy rahbar bo‘lgan. 3 ta ilmiy rahbarligida tadqiqotchilar ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
F.Muxitdinova Mustaqillikning 30 yilligi hamda “Ma’naviyat fidoiysi” ko‘krak nishoni bilan tag‘dirlangan.