Ko'p yillik tajriba

Rahimboy Jumaniyozov

Filologiya fanlari nomzodi
  • 0 Maqolalar
  • 0 Treninglar
  • 0 Kitoblar

O'qituvchi haqida

Rahimboy Jumaniyozov Filologiya fanlari nomzodi 
1960-yilning 1-iyulida Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan.
Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, Toshkent Davlat San'at institutida “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ma'rifat” studiyasida “Yog‘du” bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetida “Televideniye va radioeshittirishlar” kafedrasining mudiri, Toshkent Davlat Madaniyat institutining “O‘zbek va jahon tillari” kafedrasining dosenti, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining nashri “Vaqt-vremya” gazetasida muxbir va musahhix vazifalarida ishlagan.
Hozirda Toshkent viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Til va adabiyot ta'limi” hamda O‘zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti “Sahna nutqi” kafedralarining dosenti vazifasida faoliyat yuritmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mukofotining laureati va “Eng yaxshi ovoz” Respublika ko‘rik-tanlovining sovrindori, filologiya fanlari nomzodi, Antique world — “Antik dunyo” Xalqaro ilmiy akademiyasining akademigi.

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR