Ko'p yillik tajriba

Munavvarxon Usmonova

"Saodat" jurnali bosh muharriri
  • 0 Maqolalar
  • 0 Treninglar
  • 0 Kitoblar

O'qituvchi haqida

Munavvara Usmonova  "Saodat" jurnali Bosh muxarriri, shoira
1965-yil 13-iyunda Marhamat tumanida tug‘ilgan.Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.
M.Usmonova "Saodat" jurnali adabiy bo‘lim muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy maslahatchisi lovozimlarida faoliyat yuritgan. 2018-yil may oyidan e’tiboran “Saodat” jurnali Bosh muharriri bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda.
Taniqli ijodkor, xassos qalamkashning “Diydor”, “Sizga o‘xshasin”, “Sog‘inch manzili”, “Yuragimdasan, Vatan”, “Bunday elni qaydan topasan”, “Keragimsiz” kabi she’riy to‘plamlari, “Vatan "Ulug‘ darsxona” nomli publitsistik maqolalar kitobi ko‘pchilikka yaxshi ma’lum.
 Shoiraning ko‘plab she’rlari qo‘shiqqa aylangan. Bir qancha asarlari ozarbayjon, nemis, tojik, rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan. Munavvara Usmonova 2013-yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR