Ko'p yillik tajriba

Haydarali Muxammedov

Yuridik fanlari professori
  • 0 Maqolalar
  • 0 Treninglar
  • 0 Kitoblar

O'qituvchi haqida

Haydarali Muhammadov Yuridik fanlari doktori, professor
1959-yilda tug‘ilgan. U Toshkent davlat universitetining Yuridik fakultetini tugatgan, huquqshunos. Yuridik fanlari nomzodi. 2001-yil 20-martda Toshkent davlat yuridik instituti qoshidagi fan doktori (nomzodi) ilmiy darajasini olish bo‘yicha ixtisoslashgan kengashda Siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Movoraunnahrda davlatchilik rivojlanishi muammolari (VII–XIII asrlar)” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2001-yil 27-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 80/1-son bayonnomasiga ko‘ra Yuridik fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi. 2001-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra Davlat va huquq nazariyasi va tarixi kafedrasi dotsenti, 2019 –yil esa professor ilmiy  unvoniga ega bo‘lgan. H.M.Muhammadov Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida huquqshunoslik  yo‘nalishidagi tinglovchilarga “Davlat va huquq rivojining hozirgi zamon tendensiyalari” kursi bo‘yicha, yurisprudensiya yo‘nalishidagi tinglovchilarga “Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning qonunchilik normalari” kursi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi.
H.Muhammadov jami 300 ga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar e’lon qilgan, shulardan 3 ta monografiya, 15 ta risola, 5 ta darslik, 20 dan ortiq o‘quv va H.Muhamedov o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 300 ga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir.   U o‘z xizmat burchlariga jiddiylik va fidoiylik bilan yondashadigan, siyosiy jihatdan bilimdon mutaxassis.

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR