Ko'p yillik tajriba

Ahmadjon Meliboyev

"Jahon adabiyoti" jurnali Bosh muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi badiiy publitsistika kengashi raisi.
  • 1 Maqolalar
  • 0 Treninglar
  • 0 Kitoblar

O'qituvchi haqida

Ahmadjon Meliboyev "Jahon adabiyoti" jurnali Bosh muharriri,  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi badiiy publitsistika kengashi raisi
946-yil 23-mart kuni  O‘sh viloyati, Safed Bulon qishlog‘ida oddiy dehqon oilasida tug‘ilgan. 1974-yili Toshkent Davlat (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tugallagan.
Mehnat faoliyatini yoshlar gazetasida boshlagan, yoshlar nashriyotida bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida ishlagan. O‘zbekiston televideniyesida siyosiy sharhlovchilik qilgan. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasiga uzoq yillar bosh  muharrir bo‘lgan. Gazeta adadi 886 ming nusxaga yetgan. 2000-2004-yillari O‘zbekiston Pezidentining Davlat maslahatchisi, maslahatchining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 
“Bir zaminda yashaymiz”, “Umidli dunyo”, “Yolg‘iz yashab bo‘lmaydi”, “Hushtakni kim chaladi?”, “Umr uchar yulduz”, “Torning cho‘michdan farqi”, “Suvora sog‘inchi”, “Qirq beshinchi bekat”, “Qabohat to‘ri”, “Rizq daraxti”, “O‘zingni o‘zing boshla”, publitsistik to‘plamlari, “O‘ng‘or ertaklari”, “Safed Bulon hikoyalari”, yosh jurnalistlar uchun 6 ta o‘quv qo‘llanmalari e’lon qilingan. 
 Ahmadjon Meliboyev milliy jurnalistikamiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Uning 2004-yili “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi tahririyatida tashkil etgan “Mahorat maktabi” bugun o‘z faoliyatini jurnalistika fakultetida davom ettirayotir. Shu yillar ichida ushbu maktabda bir yuz oltmishdan ortiq bo‘lajak jurnalistlar ta’lim olishdi. 
1976-2022-yillari matbuotda A. Meliboyevning 850 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan, deyarli har haftada gazetalarimizda uning yangi maqolasini o‘qish mumkin. U tajribali ustoz sifatida yoshlarga o‘zi rahbarlik qilayotgan “Mahorat maktabi”da iqtidorli talabalar va yosh o‘qituvchilarga  mahorat sirlarini o‘rgatadi.
Ahmadjon Meliboyev 2018-yili Oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi pedagog” respublika tanlovida, 2019-yili “Oltin qalam” tanlovida  g‘olib bo‘ldi. O‘zbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan “Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston” doimiy ekspozitsiyasi rahbari. Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro ilmiy akademiya  a’zosi.  2018-yilning may oyidan e’tiboran “Jahon adabiyoti” jurnaliga rahbarlik qilmoqda. Yozuvchilar uyushmasi badiiy publitsistika kengashi raisi.

 

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR