Ma’naviyat va ma’rifat

  • chegaralanmagan vaqt
  • 0 ta videodars
  • 100+ o'quvchilar
4.5

Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, ziyolilarning chiqishlari va  sohaga oid zarur tavsiyalaridan iborat videoroliklar berib boriladi.

Kursdan nimalarni o'rganasiz

Kurs rejasi

Oynisa Musurmonova

  • 7 Video
  • 3 Kurs
  • Tajriba 20 yil

Oynisa Musurmonova Pedogogika fanlari doktori, professor 
1952-yilda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tavallud topgan. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetining O‘zbek va tojik filologiyasi fakultetini imtiyozli tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1975-yilda “Pastdarg‘om haqiqati” gazetasining tahririyatida adabiy xodimlikdan boshlagan. Pastdarg‘om tumani pioner va o‘quvchilar uyi direktori, T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida kichik, so‘ng katta ilmiy xodim, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsenti, doktoranti hamda institutga qarashli “Xalq ta’limini boshqarishning ilmiy asoslari”, “Odobnoma” kafedralariga hamda bir vaqtning o‘zida “Oila” ilmiy laboratoriyasiga mudirlik qilgan. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy Markazi direktori lavozimida ishlagan.

O.Musurmonova rahbarligi va ishtirokida 5 ta amaliy tadqiqot, 3 ta innovatsion, 6 ta xalqaro loyiha amalga oshirilgan. 400 ga yaqin ilmiy, o‘quv-metodik qo‘llanma, 3 ta lug‘at, 3 ta risola, 300 dan ortiq Respublika va xalqaro jurnallarda, ilmiy to‘plamlarda ilmiy maqolalar nashr etilgan.

U mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shgan ulushlari uchun O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni, Birinchi darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi”, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi, Ikkinchi darajali “Mehnat faxriysi” va “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Kurs Haqida

  • Foydalanuvchilar:311
  • Leksiyalar:0
  • Davomiyligi:20+ soat
  • Daraja:Barcha
  • Til:O'zbek
  • Baholash:Bor

Ma'rifat Ziyo platformasi

BARCHA ZIYOLILARNI BIRLASHTIRIB TURUVCHI TAFAKKUR KO‘PRIGIDIR